An'anaviy "Tarixshunoslik o'qishlari" 2021-yilning 12-noyabr kuni bo'lib o'tadi
2021-yil 12-noyabr kuni soat 10:00 da Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik davrida tarix fani: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi an’anaviy “Tarixshunoslik o‘qishlari 2021” Respublika ilmiy anjumani bo‘lib o‘tadi.
Bu yilgi ilmiy yig'inda Respublikamizning yetakchi olimlari ishtirok etishi va qator ilmiy yo'nalishlar bo'yicha qiziqarli ma'ruzalar qilinishi rejalashtirilgan. Quyida anjuman dasturi bilan to'liq tanishishingiz mumkin.