Shu yilning 4-noyabr sanasi Bryusseldagi O‘zbekiston elchixonasida kun davomida uchta tadbir o'tkazildi. O‘zbekistonda turizm, madaniy meros, milliy qadriyatlar, o‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning Belgiyadagi elchisi Dilyor Xakimov, O‘zbekiston turizm va sport vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev, sayyohlik firma rahbarlari, Belgiyadagi vatandoshlar, yosh tadqiqotchilar qatnashgan tadbirda mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, ziyorat, madaniy turizm imkoniyatlari namoyish etildi. Tadbirning e'tirofga loyiq jihati amalga oshirilgan taqdimotlarning ikkitasi O'zbekiston fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyati bilan bog'liq tadqiqotlar hisoblanadi.
Xususan, Tarix instituti professori Adhamjon Ashirovning o'zbek milliy qadriyatlari va dunyoqarashini o'z ichiga olgan "Non" kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi. Tashrif buyurganlarga o'zbeklarning non bilan bog'liq tasavvurlari, an'analari haqida qiziqarli ma'lumotlar ulashildi.
Tadbir ishtirokchilariga Tarix instituti tayanch doktoranti Zufar Qoryog‘diev "Buxoro vohasi lo‘lilar haqidagi zamonaviy antropologik tadqiqotlar va etnoturizm tendensiyalari" hamda tanyach doktorant Shavkat Bobojonov "Buxoro vohasining ziyorat turizmi salohiyati" tog'risida chiqish qildilar. Shu bilan birgalikda besh tildagi "7 PIR" mobil ilovasi, uch tildagi Buxoro shahri ziyoratgohlari xaritasi Shavkat Bobojonov tomonidan yangi ma’lumot sifatida taqdim etildi. Kelgusida ushbu yosh olimlarimizga ilmiy faoliyatlarida omadlar tilab qolamiz.