“Turkiston muxtoriyati tarixi” kitobi nashr etildi

   “Turkiston muxtoriyati tarixi” kitobi nashr etildi. Ushbu kitobda Muxtoriyatning barpo etilishi, unga ta’mal toshini qo‘ygan tarixiy shaxslar, XX asrning boshlaridagi siyosiy jarayonlar, Turkistonliklarning ozodlik uchun amalga oshirgan ilk harakatlari, xalqning birdamligi, Muxtoriyat tomonidan bajarilgan tadbirlar va ularning ahamiyati, Muxtoriyatning ayovsiz qonga botirilishi, ushbu fojeaning oqibatlari hamda ushbu tarixiy jarayonlarga berilgan baholar ochib berilgan. Kitob tarixchilar, ushbu davr siyosiy-ijtimoiy jarayonlari bo‘yicha izlanishlar olib boruvchilar va keng qiziquvchi kitobxon ommasiga mo‘ljallangan.