“Qaramlik, qatag‘on va millat” umummilliy yig‘ini o‘tkaziladi

   2023-yil 4-oktabr kuni Fanlar akademiyasi Tarix instituti, “Turon” axborot kutubxona markazi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorlikda “Qaramlik, qatag‘on va millat” umummilliy yig‘inini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Yig‘inda qator tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tadbir kitoblar ko‘rgazmasi bilan boshladi. So‘ngra, ilmiy anjuman o‘z ishini boshlaydi. Anjumanda dolzarb mavzulardagi qator chiqishlar amalga oshiriladi. Quyida anjuman dasturi bilan to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.