2023-yilning 30-sentabr kuni Fanlar akademiyasi 80 yilligiga bag‘ishlab tashkillangan Zakovat o‘yinlarida Tarix institutining jamoasi ham ishtirok etdi. Ushbu musobaqada Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot muassasalarining 31 jamoasi ishtirok etdi. Qizg‘in kechgan bellashuv 3 davra 12 tadan savollar asosida uyushtirilib, yakuniy natijaga ko‘ra Xorazm Ma’mun akademiyasi jamoasi faxrli birinchi, Tarix instituti jamoasi ikkinchi va San’atshunoslik jamoasi uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Tadbir so‘nggida Ma’mun akademiyasi va Tarix instituti jamoalari keyingi bosqichga chiqqanliklari va final bosqichida kuch sinashishlari qayd etildi. Taqdirlash marosimida Fanlar akademiyasi ma’muriyati tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.