Yangi O‘zbekistonda ilm-fanga yaratilgan yangi imkoniyatlar tufayli Fanlar akademiyasi Tarix instituti shu yilning 18-30 sentyabr kunlari “Turk dunyosi yosh tarixchilarining yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazish uchun 15 nafar yosh olimlarini Turkiya Respublikasiga safarga otlantirdi. O‘tgan yilning 15-25 iyun kunlari Tarix institutining tashabbusi bilan Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKА) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Najmiddin Erbaqon universiteti hamda IRSIKА tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Turk dunyosi yosh tarixchilarining yozgi o‘qishlari”ning birinchisi muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Bu yil ham Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKА) Oʼzbekistondagi vakolatxonasi, Pamukqalʼa universiteti, Bursa Ulug‘tog‘ universiteti hamda Istanbul universitetida 12 kun davomida ilmiy seminarlar, maʼruza va mashgʼulotlar boʼlib oʼtishi belgilangan.