So‘ggi vaqtda Tarix instituti ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilayotgan ilmiy izlanishlar soni keskin oshdi. Bu kitob yillar davomida olib borilgan mashaqqatli tadqiqotlarning mahsulini hisoblanadi.
Ushbu monografiyada tarixiy manbalar, davriy matbuot materiallari va arxiv hujjatlari asosida XIX asr oxiri - XX asr birinchi choragida Turkiston va Sharq mamlakatlari taraqqiyparvarlarining o‘zaro aloqalari tarixi yoritilgan. Jumladan Turkiston hamda Usmonli turk sultonligi, Sharq mamlakatlari (Misr, Eron, Hindiston, Afg‘oniston), Rossiya imperiyasi musulmon o‘lkalari taraqqiyparvarlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarning vujudga kelishi, Turkistonda ijtimoiy-siyosiy uyushmalarining vujudga kelishida turk, tatar, ozarbayjon, boshqird taraqqiyparvarlarining ishtiroki haqida ma’lumot beriladi. Nashr tarixchilar, turli soha olimlari, ushbu davr va muammo tadqiqotchilari hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.