Xalqaro aloqalarda yana bir qadam
Bugun 2023-yilning 12-sentabr kuni Tarix instituti va Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Otaturk madaniyat, til va tarix oliy kengashining Turk tarix jamiyati oʻrtasida Hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Mazkur ikki tomonlama hamkorlik kelishuvida Turkiya tomonidan Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Otaturk madaniyat, til va tarix oliy kengashi direktori Derya Ors, Turk tarix jamiyati raisi Yüksel Özgen va bir qator boshqa rasmiy mehmonlar ishtirok etgan boʻlsa, kelishuv imzolangan mazkur rasmiy uchrashuvda ikkinchi tomondan Tarix instituti direktori Azamat Ziyo boshchiligida Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Dilnoza Jamolova, umumiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Muxtor Shamsiev, Oʻrta asrlar tarixi boʻlimi boshligʻi Sherzodxon Mahmudov, Ilmiy kotib Odil Zaripov, Yangi davr tarixi boʻlimi boshligʻi To'lqin Ahmedov, yangi davr tadqiqotchilaridan Saodat Nazarova va Tarix instituti yosh olimlari ishtirok etishdi.
Mazkur ikki tomonlama hamkorlik kelishuvining imzolanishidan bosh maqsad:
— ikki ilmiy tashkilot oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash va kelajakda ilm-fan ravnaqi (xususan Tarix ilmi) yoʻlida birgalikdagi rejalarni muhokama qilish;
— Turkiy xalqlar tarixini oʻrganish va butun dunyoga yoyish yoʻlida birgalikda harakat qilish;
— joriy yilning 18-30-sentabr kunlari Turkiyada boʻlib oʻtadigan Tarix instituti yosh olimlarining "Yosh tarixchilarning xorijiy 2-yozgi oʻqishlari" masalalari muhokama qilindi.