Joriy yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston yosh tarixchilarining ikkinchi yozgi o‘qishlari ochilish marosimi bo’lib o‘tdi. Yig’inni Tarix instituti direktori professor Azamat Ziyo ochib berib, ishtirokchilarni qutladi va yoshlarni yozgi o‘qishlar davomida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo’lish imkoniyatidan samarali foydalanishga chorladi. Ochilish marosimida “Yozgi o‘qishlar”ni tashkil qilishda Tarix instituti bilan hamkorlik qilayatogan va bu ishda amaliy yordam berayotgan Yoshlar ishlari agentligining bosh direktori, senator Alisher Sa’dullayev so‘zga chiqdi. U yangi O‘zbekistonda yosh olimlarni qo‘llab quvvatlash doirasida olib borilayotgan davlat siyosati, axborot texnologiyalar, sun’iy ong va boshqa zamonaviy ilm-fanlar qatorida tarix ilmi ham yosh avlodning o‘zligini anglash uchun muhim ekanligi, yoshlar tarix ilmida yangi raqamli texnologiyalarni qo‘llash usullarini o‘ganishi lozimligi haqida gapirdi. Alisher Sa’dullayev Yoshlar ishlari agentligi yosh tarixchi olimlarni doimo qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanligini bildirib, yozgi o‘qishlar faoliyatiga muvafaqqiyat tiladi.
Ochilish marosimida so’zga chiqqan institut direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o‘rinbosari Dilnoza Jamolova ishtirokchilarni “Yozgi o‘qishlar”ning dasturi bilan tanishtirib, ushbu dasturda yoshlar uchun yurtimizning taniqli tarixchi olimlarning ma’ruzalarini o‘tkazish rejalashtirilgani haqida ma’lumot berdi. Tadbirda “Yozgi o‘qishlar”nin mehmonlari Termiz davlat universiteti professori Sh. Shaydullayev, Milliy arxeologiya instituti professori G‘. Boboyorov, shuningdek tarix instititi Qadimgi davr tarixi bo’limi boshlig‘i F. Shomukaramova, Yangi davr tarixi bo’limi boshlig‘i T. Ahmedov so’zga chiqib, bu kabi tadbirlar yurtimizning yosh tarixchilarini birlashtirish, ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlab, ishtirokchilarni tabriklashdi.