2023-yil 4-oktyabrda Fanlar akademiyasi Tarix institutida “Rossiya imperiyasining qatag‘on siyosati va unga qarshi kurash” umummilliy ilmiy yig‘ini bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘in tarixchi-olimlarni birlashtirish, ular o‘rtasida muloqot maydonini tashkil etish, qatag‘on tarixini yoritishdagi yondashuv va aniqlangan yangi manbalarni talqin etish, yosh tadqiqotchilarning mustamlaka siyosat to‘grisidagi ilmiy qarashlarini sayqallashga qaratilgan maydon bo‘lishi kutilmoqda. Unda magistrlar, stajer-tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar o‘z chiqishlari bilan qatnashishlari mumkin.
Yig‘inning bosh yo‘nalishlari
1. Rossiya imperiyasi qatag‘on siyosatiga doir manbalar va ularning talqini.
2. Rossiya imperiyasining qatag‘on siyosati tarixshunosligi.
3. Mustamlakachilarga qarshi qurolli milliy-ozodlik harakati.
4. Mustamlakachilarning jadidchilik, milliy kommunistlar, ziyolilarga qarshi qatag‘oni, “paxta ishi”.
Ma’ruzalar matniga doir talablar
– chiqishlar ilmiy yig‘in yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
– matn (Microsoft Word, Times New Roman) davlat tilida, qisqacha mazmuni ingliz va rus tillarida qabul qilinadi.
– matn o‘lchami – 6 betdan 10 betgacha, qog‘oz o‘lchami – A4, oraliq – 1, harf o‘lchami – 14, betning so‘l chegarasi – 30 mm, o‘ng, yuqori va pastki chegaralari – 20 mm.
– matnning boshlanishi: muallif (ismi, familiyasi, rasmiy lavozimi, ilmiy darajasi), maqola sarlavhasi,
– maqola va yakunda keltirilgan qisqacha ma’lumotlarga muallifning o‘zi javobgardir.
– foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn so‘nggida keltirilib, havola mukammal tarzda har biri matn so‘ngida o‘sha betning o‘zida beriladi.
ESLATMA: Berilgan matnlar mutaxassislar tahlilidan o‘tadi. Ilmiy yig‘in mavzusi va nashr talablariga javob bermaydigan, tahlildan o‘tmagan matnlar mualliflarga qaytarilmaydi. Yig‘in materiallari 2023-yil 15-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Yig‘in tili: o‘zbek.
Yig‘in jonli o‘tkaziladi, unda uzoqdan qatnashish uchun ham sharoit (ZOOM) yaratiladi.
Yig‘in to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni Tarix institutining http://fati.uz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali olishingiz mumkin.
Maqolalar +998 99 800 65 15 telefon raqamidagi telegramga yuborilishi lozim.