Arqutsoyda qadimshunoslik izlanishlari boshlandi

2023-yil 20-iyul kuni Institutimizning “Qadimgi davr tarixi” boʻlimi xodimlari va Milliy arxeologiya markazi xodimlari bilan qoʻshma arxeologik qazishma ishlari boshlandi. Qazishma ishlariga tarix fanlari doktori, professor Rustam Sulaymonov boshchilik qilmoqda. Bo‘lim xodimlari tomonidan o‘rganilayotgan ilk manzilgoh Boʻstonliq tumani Burchmulla oʻrmon xoʻjaligi  qoʻriqxonasi hududida joylashgan Arqutsoy (geologlar tepaligi) hisoblanadi. Bu yerdagi qazish ishlari hududdagi dastlabki aniqlashtirish ishlari bo‘lib, keyinchalik madaniy qatlam va saqlanib qolgan qadimiy izlarga qarab qazish ishlari yanada kengaytirilishi mumkin.