“O‘zbekiston tarixi” jurnalining 2023-yil 1-soni nashrdan chiqdi
“O‘zbekiston tarixi” jurnali 2023-yil birinchi soni nashr etildi. Ushbu sonda yurtimiz tarixining turli davrlardagi qiziqarli mavzulari o‘rin olgan. Xususan, yozma manbalardagi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotga oid tarixiy dalillar, Turkistondagi istiqlolchilik harakatida qatnashgan ayollar to‘grisidagi tahliliy ma’lumotlar, ozodlik yo‘lida nohaq ayblangan vatandoshlarimiz tarixi, tarixiy xujjatlardagi raqamlashtirish muammolari va mustaqillik yillaridagi chorvachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar yoritilgan. Ma’lumot o‘rnida “O‘zbekiston tarixi” jurnaliga obuna davom etmoqda va siz istalgan shaklda jurnal sonlarini qo‘lga kiritishingiz mumkin.