Shu kunlarda Egey universiteti rahbariyati taklifiga muvofiq Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori t.f.d., professor Azamat Ziyo xizmat safari bilan Turkiyaning Izmir shahrida bo‘lib turibdi. Egey universiteti bir necha yildan beri Tarix fani tarmoq sohalari izlanishlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha Tarix institute bilan o‘zaro kelishuvga ega. Egey universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari instituti direktori Nadim Majid va professor Usmon Qoratoy Institutimiz direktori bilan Tarix fanining bugungi kundagi dolzarb muammolari, ularga yechimlar, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Uchrashuvda mezbonlar tariximizning chambarchast bog‘liqligi xususidagi dalillarni keltirar ekanlar, Amir Temurni – “Izmir fotihi” deya atashlarini bildirishdi. O‘z navbatida professor Azamat Ziyo turk dunyosi tarixida Amir Temurni “Istanbul fotihi” Sulton Mahmud bilan bir qatorda qayd etishni taklif etdi. Uchrashuv shu kabi ilmiy mulohazalar ruhida o‘tib, fandagi oxirgi yutuqlardan birgalikda unumli foydalanish to‘g‘risida kelishib olindi.