“Yilning eng faol olimasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yosh olimlar Kengashining “XXI asr – intellektual yoshlar asri” ilmiy anjumani doirasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol olimasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda Tarix instituti “Eng yangi davr tarixi” bo‘limi boshlig‘i tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Mashxura Darmonova ishtirok etdi. Fanlar akademiyasi olima ayollari qatnashgan bellashuvda Institutimiz olimasi yuqori natijani qayd etib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.