O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti Abu Rayhon Beruniyning 1050 yilligi munosabati bilan 2023-yil avgust oyi oxirida “Beruniy va uning izdoshlari” umummilliy ilmiy yig‘inini o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.
Yosh tarixchi olimlarni birlashtirish, iqtidorlarni yuzaga chiqarish va ularning ilmiy qarashlarini sayqallashga qaratilgan ushbu tadbirda bakalavr, magistr, stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant, o‘qituvchi va ilmiy xodimlar qatnashishlari mumkin.
Yig‘inning bosh yo‘nalishlari:
- Abu Rayhon Beruniyning turmushi va ishiga oid manbalar tahlili.
- Abu Rayhon Beruniyning tabiiy fanlar rivojidagi tarixiy xizmatlari.
- Abu Rayhon Beruniyning tarixiy-falsafiy qarashlari.
- Abu Rayhon Beruniyning elshunoslikka oid merosining ahamiyati.
- Abu Rayhon Beruniy merosida tibbiyot va dorishunoslik.
- Beruniy davrida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot.
Yosh olimlarning maqolalari tanlovdan o‘tadi va maxsus hay’at saralab olgan 6 muallifgagina chiqish imkoni beriladi. Eng yaxshi deb topilgan maqola 3 000 000 so‘m, yig‘inning qolgan 5 qatnashchisi 1 000 000 so‘m bilan sovrinlanadi.
Ma’ruzalar matniga doir talablar
– chiqishlar ilmiy yig‘in yo‘nalishlari doirasida, tesha tegmagan mavzular, ilmiy muomalaga kiritilmagan manba va ma’lumotlar, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida yaratilgan bo‘lishi shart;
– matn (Microsoft Word, Times New Roman) davlat tilida, qaymog‘i ingliz tilida qabul qilinadi;
– matn o‘lchami – 3 betdan 10 betgacha, qog‘oz o‘lchami – A4, oraliq – 1,15, harf o‘lchami – 14, betning so‘l chegarasi – 30 mm, o‘ng, yuqori va pastki chegaralari – 20 mm;
– matnning boshlanishi: muallif (ismi, familiyasi, rasmiy lavozimi, ilmiy darajasi), maqola sarlavhasi;
– maqola va yakunda keltirilgan qisqacha ma’lumotlarga muallifning o‘zi javobgardir;
– foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxati matn so‘nggida keltirilib, havola mukammal tarzda har biri matn so‘ngida o‘sha betning o‘zida beriladi.
ESLATMA: matnlar mutaxassislar tahlilidan o‘tkaziladi, ularning qo‘yilgan ilmiy va nashriy talablarga javob bermaganlari mualliflarga qaytarilmaydi. Ilmiy yig‘in barcha uchun ochiq bo‘lib, unda chet ellik yosh olimlar ham qatnashishlari mumkin.
Yig‘in materiallari 2023-yil 1-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
Yig‘in tili: o‘zbek.
Yig‘in jonli o‘tkaziladi, unda uzoqdan qatnashish uchun ham sharoit (ZOOM) yaratiladi.
Yig‘in to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni Tarix institutining http://fati.uz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali olishingiz mumkin.
Maqolalar quldashev.sarvar@mail.ru elektron manziliga va +99890 9616674 telefon raqamidagi telegramga yuborilishi lozim.