2023-yil 18-19-may kunlari Xorazm Maʼmun akademiyasida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan Xorazm Maʼmun akademiyasi, Qoraqalpogʻiston va Navoiy hududiy boʻlimlari hamda ilmiy tadqiqot institutilarining anjumani va ilmiy ishlanmalari koʻrgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazmada Tarix instituti tomonidan nashr etilgan kitoblar, to‘plamlar va ilmiy tadqiqotlarning ishlanmalari ham namoyish etilmoqda. Ushbu koʻrgazmada olimlar tomonidan nashr etilgan soʻnggi yillardagi izlanish yo‘nalishlari ko‘pchilik ishtirokchilarning diqqat e’tiborini tortdi. Keng jamoatchilik ilmiy tadqiqot ishlaridagi yangiliklar bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Xususan, Tarix instituti bo‘lim va markazlarining o‘ndan ortiq kitoblari ishtirokchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Ushbu ko‘rgazma tadqiqot markazlari va izlanuvchilarning jonli muloqotini yanada chuqurlashishiga xizmat qiladi.