Bugun, 2023-yil 17-may kuni Tarix instituti direktori professor Azamat Ziyo va institutimiz olimlari Xalqaro Islom akademiyasida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston tarixshunosligida Turkiston muxtoriyati tarixining o‘rganilishi: yangi yondoshuv va tadqiqotlar” ilmiy yigʻinda ishtirok etishmoqda. Anjumanda turli ilmiy tekshirish va oliy ta’lim muassasalaridan olimlar hamda izlanuvchilar qatnashmoqda. Ilmiy anjumandan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston tarixini tadqiq etishning dolzarb muammolarini muhokama qilish va Turkiston muxtoriyati faoliyati va ushbu davrdagi siyosiy jarayonlarning ilmiy o‘rganilishi yo‘nalishlarini tahlil etish. Bundan tashqari, ilmiy yigʻin doirasida institutimiz professorlari va xodimlari tomonidan maʼruzalar qilinishi rejalashtirilgan. Unda ushbu davrga xos bo‘lgan xususiyatning tarixiy talqini va o‘rganilishidagi yutuq hamda kamchiliklar ochib berilishi nazarda tutilgan.