Milliy nomoddiy merosimiz xalqaro e'tirofi

   2023-yil 15-may kuni Institutimiz professori, “Etnologiya va antropologiya” markazi boshlig‘i Adhamjon Azimboyevich Ashirov Koreya Respublikasining Hankuk chet tillari universitetida o‘tkazilgan “2023 International Forum on Central Asian Traditional New Year Celebrations” nomli xalqaro forumda ma’ruza qildilar.

                                                                                                         

   UNESKOning  Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi nomoddiy madaniy merosi bo‘yicha xalqaro axborot-tarmoq markazi – ICHCAP tashkil etgan yig‘inda dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatlaridan ishtirokchilar qatnashmoqda. O‘zbekiston nomoddiy madaniyati to‘g‘risidagi chiqish barcha ishtirokchilarni qizitirib qo‘ydi. Mamlakatimizda olib borilayotgan madaniy merosimizni asrashga qaratilgan chora-tadbirlar e’tirof etildi. Chiqish so‘nggida o‘zbek xalqining boy madaniy qadriyatlari xususida savollarga javoblar berildi.