Oliygohga tashrif
Bugun Institut direktori professor Azamat Ziyo Chirchiq davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi. U yerda tarix yoʻnalishi talabalari bilan davra suhbati oʻtkazdi. Tashrif davomida oliygohning ilmiy-tashkiliy ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. Ilmiy tadqiqot muassasasi va oliygoh oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Professor Azamat Ziyo Oʻzbekiston tarixi kafedrasi Tarix oʻquv laboratoriyasi xamda institutning Arxeologiya markazi faoliyati bilan tanishib, kelgusida Oʻzbekiston tarixi kafedrasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati maʼdaniy meʼrosini oʻrganish, arxeologik tadqiqotlar olib borish boʻyicha qoʻshma loyihalar tashkil etishga kelishib olindi.