Tarix institutida Zakovat bellashuvi boshlandi

   2023-yil 8-aprel kuni Tarix institutida Zakovat bellashuvlari boshlandi. Bellashuvda jami bo‘lim va markazlardan bittadan jamoa ishtirok etdi. O‘yin uch davra davomida amalga oshirildi. Savollar har bir bosqich uchun alohida-alohida tarzda berib borildi. Hakamlar hay'ati tomonidan har bir bosqich oxirida to‘plangan baholar e'lon qilib borildi. Bellashuv qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tdi. Uch davra savol-javoblardan so‘ng olti jamoa orasida birinchi o‘rinni "Tarixshunoslik va manbashunoslik" ilmiy xodim va tayanch-doktorantlaridan tuzilgan guruh qo‘lga kiritdi.

   "Zakovat" bellashuvi Institutda birinchi marta o‘tkazilishi emas, ushbu o‘yinlarga tamal toshi o‘tgan yilda "Yosh tarixchilarning yozgi o‘qishlari - 2022"da qo‘yilgan. Tarix institutida tashkillashtirilgan ushbu bellashuv g‘olibi bo‘lgan jamoa qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bellashuv doimiy tarzda o‘tkazilishiga kelishib olindi.