Yeldirim Boyazid universiteti rektori bilan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi
Kuni kecha 2023-yil 16-mart sanasida Tarix instituti direktori va Anqara Yeldirim Boyazid universiteti rektori oʻrtasida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv ilmiy-ma'rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirildi. Uchrashuvda koʻplab masalalar yuzasidan yangi kelishuvlar imzolandi. 2023-yil uchun rejalashtirilgan ilmiy yigʻinlar, turli uchrashuvlar va yoshlarning "Yozgi oʻqishlari" doirasida hamkorlikni hamda almashinuv ishlarini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha mulohazalar bildirildi. Ilmiy tadqiqot maskanlarida ish olib borish va oxirgi yillarda fandagi dolzarb muammolar yuzasidan fikrlar almashildi. Uchrashuv oxirida hamkorlik boʻyicha yangi tartibdagi ish rejasi tasdiqlandi.