Yaponiyalik tadqiqotchi Tarix institutida ma'ruza qildi

   2023-yilning 15-mart kuni Yaponiyaning Tokio chet tillar universiteti tadqiqotchisi Satoru Kimura "Rossiya imperiyasi hukmronligi va Mulla Olimning "Tarixi Turkiston asari" mavzusida chiqishni amalga oshirdi. Ma'ruzada Institutning bosh, yetakchi, katta ilmiy xodimlari, yosh izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va boshqa muassasalardan kelgan qiziquvchilar qatnashdilar. Chiqish davomida tadqiqotchining mavzu doirasida fikrlari va mulohazalari tinglandi. Ma'ruzadan so‘ng ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Shundan so‘ng, Turkiston va boshqa ilmiy atamalarning kelib chiqishi, davriy o‘zgarishlar ta'siridagi talqini hamda milliy o‘zlikni anglashdagi jihatlari xususida mulohazalar bildirildi. Yaponiyalik tadqiqotchi ma'ruza so‘nggida Tarix instituti maxsus sovg‘alari - so‘nggi nashrdan chiqqan tadqiqot ishlari bilan taqdirlandi. Ma'ruza so‘nggida o‘zaro ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash to‘g‘risida kelishib olindi.