Tarix instituti bosh ilmiy xodimi taqdirlandi
2023-yilning 7-mart kuni Tarix instituti Bosh ilmiy xodimi professor Alimova Dilorom Agʻzamovna "Moʻtabar ayol" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu taqdirlash 8-mart sanasi arafasida amalga oshirilgani ham ulkan e'tirofning ramzi hisoblanadi. Dilorom Alimova bir necha o‘n yillardan beri Tarix institutida ko‘plab shogirdlarga rahbarlik qilish bilan birgalikda yuzlab ilmiy tadqiqotlarga boshchilik qilib kelmoqdalar.