Yana bir oliygoh bilan ahdlashuv kelishuvi imzolandi
2023-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Oriental Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan adlashuv kelishuvi imzolandi. Tadbir davomida Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo ushbu kelishuv yuzasidan mulohazalarini bildirib, hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratish kerak ekanligini aytib o’tdi.
Mazkur kelishuv doirasida o‘zaro ilmiy-amaliy anjumanlar, ushbu ta’lim muassasalarida saboq berayotgan professor-o‘qituvchilar va fan doktorlari hamkorligida ma’ruzalar tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi. Mehmonlar Universitet ilmiy salohiyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.