Yangi kitob nashrdan chiqdi

   "Tarixshunoslik va manbashunoslik" markazi boshligʻi, tarix fanlari doktori Nigora Allayevaning "Xorazm va Eron: XVI - XIX asrlarda savdo diplomatik aloqalar dinamikasi" kitobi "Fan" nashriyotida chop etildi. Kitob tarix fani tadqiqotchilari va o‘tmish bilan qiziquvchi keng kitobxonlarga mo‘ljallangan. Ushbu kitobda elchilik qoidalari, maqsadlari, qabul jarayoni talablari, elchilik madaniyati va hududlarning o‘zaro munosabatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, Xiva elchilik an'analari, rasmiy marosimlari ham yoritilgan.