2023-yil 6-fevral kuni Tarix institutida polshalik mehmonlar qabul qilindi. Gdanskdagi Ikkinchi jahon urushi muzeyi direktori Gjegoj Berendt boshchiligida Sibir memorial muzeyi direktori Voysex Sleshinskiy hamda Ikkinchi jahon urushi muzeyi doktori Dmitriy Pantonini Tarix instituti direktori Azamat Ziyo qabul qildi. Ushbu uchrashuvda tomonlar oʻzbekistonlik va polshalik tarixchi olimlar oʻrtasida ilmiy aloqalarni kuchaytirish, Ikkinchi jahon urushida Polsha yerlarida halok boʻlgan oʻzbekistonliklar haqida maʼlumotlarni aniqlash, toʻplash, ularni ilmiy muomalaga kiritish, shuningdek XIX asrdan Turkistonga koʻchirilgan polshaliklar haqida Oʻzbekistondaga maʼlumotlarni aniqlash belgilandi. Ikki tomonlama hamkorlikda qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Oʻzbekiston tarixiga oid kitoblarni polyak tiliga tarjima qilish va ularni Polshada ommalashtirishga kelishildi. Bundan tashqari, ikki mamlakatdagi muzeylar uchun koʻrgazmali maʼlumot tayyorlashda hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.