Ustozga ehtirom

   2023-yilning 23-yanvar kuni Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida professor Mirsodiq Isxoqovning 80 yoshga toʻlishi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi. Tarix instituti rahbariyati ushbu yigʻinda qatnashdi. Mirsodiq Isxoqov uzoq yillar tarix fanida samarali mehnat faoliyatini olib bormoqda va sug‘dshunoslik bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. Ustoz tomonidan O‘zbekiston tarixini tadqiq etish uslubshunosligi va qadimiy yozma manbalar tahlili asosida olib borilgan tadqiqotlar dolzarbligi bilan ajralib turadi. Shu fursatdan foydalanib, Ustozga uzoq umr, mustahkam sogʻliq va ilmiy ijodiga baraka tilaymiz.