“Turkiston tarixi manbashunoslik masalalari” umumilliy ilmiy yig‘ini o‘tkazildi

   2022-yilning 23-dekabr kuni ““Turkiston tarixi manbashunoslik masalalari” umumilliy” ilmiy yig‘ini o‘tkazildi. Anjuman taniqli manbashunos olima Roziya Muqminova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonlik yetuk manbashunoslar va ko‘plab xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan olimlar qatnashdilar.

                                 

   Ilmiy yig‘inda so‘nggi yillarda o‘rta asrlar tarixi va manbashunoslikda erishilayotgan yutuqlar olib borilayotgan izlanishlar va soha muammolari muhokama etildi. Bundan tashqari, tadbirda Roziya Muqminovaning oila a’zolari, yaqinlari va shogirdlari olima to‘g‘risida, uning hayot yo‘li hamda fan uchun amalga oshirgan ishlari xususida fikrlar bildirildi. Yig‘in so‘nggida uni doimiy ravishda o‘tkazilishiga kelishib olindi.