Maktabda tadbir
2022-yil 16-dekabrda Institutimiz ilmiy xodimlari Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 145-maktabda o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi bayonotiga muvofiq besh tashabbus doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda Tarix instituti ilmiy xodimlari, PhD Ikrom Azizov, Nargiza Ismatova va Feruz Boboyevlar ishtirok etdilar. Unda Respublikada so‘nggi yillarda taʼlim va ilmiy sohada amalga oshirilgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, xususan, Tarix institutining faoliyati, muassasada olib borilayotgan ilmiy ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi. O‘qituvchilar va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.