Tarix instituti xodimlari xalqaro anjumanda ishtirok etishmoqda
2022-yilning 2 – 5-dekabr kunlari Boshqirdiston respublikasida o‘tkazilayotgan “Yevroosiyosida o‘rta asr dasht tamadduni” ilmiy yig‘inida institutimizning olimlari - “Tarixshunoslik va manbashunoslik” markazi boshlig‘i t.f.d. N.А. Аllayeva hamda “Qadimgi davr tarixi” bo‘limi boshlig‘i t.f.n. F.Sh. Shomukarramovalar ishtirok etmoqdalar. Ilmiy yig‘inda arxeologik yodgorliklar muhofazasi, qadimshunoslik fanini qo‘llab-quvvatlash, “Yevroosiyo dasht tamadduni muzeyi” tuzugi muhokamasi rejalashtirilgan. Bundan tashqari yetakchi arxeolog olimlarning ma'ruzalari belgilangan.