Bugun, 2022-yilning 28-noyabr sanasida Tarix instituti, "Turon" kutubxonasi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorigida "Turkiston muxtoriyati" ilmiy yig‘ini o‘tkazildi. Yig‘inda Tarix instituti olimlari, ilmiy xodimlar, "Turon" kutubxonasi xodimlari va "Abdulla Qodiriy" ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etdilar. Yig‘inni Tarix instituti direktori t.f.d., professor Azamat Ziyo ochib berdi hamda olib bordi.
Ilmiy davrani t.f.d., professor Qahramon Rajabov o‘z ma'ruzasi bilan boshladi. Olim o‘z ma'ruzasida "Turkiston muhtoriyati" tashkil etilishi, boshqaruv shakllanishi, keng jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashi va muhtoriyatning qonga botirilishi hususidagi ilmiy dalillangan ma'lumotlarni taqdim etdi. Bundan tashqari sovetlarning olib borgan siyosati natijasida milliy mustaqillik uchun boshlangan kurash sabablari to‘g‘risidagi xulosalarini bildirdi. Shuningdek, ilmiy yig‘inda doktorant Dilnoza Jamolova, tayanch doktorant Odiljon Zaripov va t.f.d., professor Saidakbar Agzamxo‘jayevlar ham chiqishlar qildilar. Ilmiy ma'ruzalar muhtoriyat tarixi bilan bog‘liq turli jihatlarni tinglovchilarga ochib berdi. Ayniqsa, muhtoriyat tashkil etilgan davr siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayoti haqida mutlaqo yangi ma'lumotlar taqdim etildi. Tadbir so‘nggida ushbu mavzu doirasidagi muammolar muhokama etildi va yig‘inni an'anaviy o‘tkazishga kelishib olindi.