Qadring baland bo'lsin, Ona tilim! tanlovi e'lon qilindi.

Ona tilimizga e'tibor to'g'risida O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tashkilotlar, oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalari o'rtasida o'zbek tilini targ'ib qiluvchi ijodiy izlanishlarni rag'barlantirish va ommalashtirishga qaratilgan "Qadring baland bo'lsin, Ona tilim", "O'zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy ishlanma" tanlovlari e'lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar til-tanlov@minninovation.uz manzilida 2021-yilning 31-iyuligacha faqat elektron shaklda qabul qilinadi. Tanlov to'g'risidagi videorolikni bu yerda ko'rishingiz mumkin.