⚠️|
Tarix institutida Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tarix institutida Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Tarix institutida Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilnoza Jamolova va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti direktor o‘rinbosari Li Chjenli o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Shuningdek, uchrashuvda Tarix instituti Harbiy tarixni o‘rganish markazi rahbari, direktor o‘rinbosari Feruz Boboyev, ilmiy kotib Odil Zaripov, O‘rta asrlar bo‘limi boshlig‘i Sherzodxon Mahmudov, kichik ilmiy xodimlar Nodira Izatova, Saidakabar Baxtiboyev, xalqaro bo'lim boshlig'i Vohid Xolov va Xitoy tomonidan Xitoy va Rossiya strategik hamkorligi masalalari kengashining Bosh kotibi o‘rinbosari Syuy Chanchji, Xitoy va Rossiya strategik hamkorligi masalalari kengashining administrativ rahbari Su Chan, Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti bosh ilmiy xodimi Go Syaotsyun, katta ilmiy xodim Szyuy Xao, kichik ilmiy xodim U Syaoyan qatnashdilar. 
Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
O‘zaro hamkorlikni kuchaytirish (2025-yil 17-mart kuni Sian shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-xitoy tarixchilari uchrashuvi muhim qadam bo‘ldi);
Xitoydagi arxiv, muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan, O‘zbekiston tarixiga oid manbalar bilan birgalikda ishlash;
Qadimgi xitoycha matnlarni o‘qiy oladigan mutaxassislar tayyorlashda amaliy yordam;
Mintaqamiz tarixi haqida Xitoyda chop etilgan ilmiy adabiyotlarni olish;
Turkiy xalqlari, Markaziy Osiyo xalqlari va O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tarixi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar