“Ozarbayjonda xristianlik: tarix va zamona” 12-ellararo ilmiy yig‘ini
FA Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Ozarbayjonning Vatikandagi elchiligi va Papalik Sharqshunoslik instituti tomonidan 10-aprelda Vatikan Grigo‘ryan universitetida uyushtirilgan “Ozarbayjonda xristianlik: tarix va zamona” 12-ellararo ilmiy yig‘inida “Temuriylarning g‘arbiy siyosatida tarixiy Ozarbayjon (Qorabog‘)” mavzusida chiqish qilib, Amir Temur va Shohrux davrlarida Qorabog‘ o‘zbek davlatining siyosiy, harbiy va iqtisodiy markazlaridan biri bo‘lganini birlamchi manbalar negizida yoritib berdi.
Shuningdek, akademik Azamat Ziyo Napoli Sharqshunoslik universiteti rektori, Linchey akademiyasi a'zosi professor Roberto‘ Tottoli bilan ham uchrasib, institut va universitet o‘rtasida tuzilgan kelishuvni ro‘yobga chiqarish, jumladan, Italiyada saqlanayotgan, o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid manbalarni tadqiq etish, mutaxassis tayyorlash va tajriba almashinuvni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokara olib bordi. Universitet rektori va olimlarining institutga bo‘lajak tashriflari bo‘yicha ham rejalar aniqlashtirildi.