⚠️|
"Jizzax vohasining Turon ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy tarixida tutgan o‘rni" ilmiy yig‘ini

"Jizzax vohasining Turon ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy tarixida tutgan o‘rni" ilmiy yig‘ini

     Bugun akademik Azamat Ziyo Jizzax davlat pedagogika universiteti professor - o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Universitetda "Jizzax vohasining Turon ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy tarixida tutgan o‘rni" ilmiy yig‘ini tashkil qilingan bo‘lib, tadbirni universitet rektori Shavkat Sharipov ochib berdi. Akademik Azamat Ziyo o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini o‘rganishning o‘zak qarashlari, milliy o‘zlik va vatanparvarlik, Jizzax vohasining Turon tarixida tutgan o‘rni to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar taqdim qildi. Shuningdek, Tarix instituti bosh ilmiy xodimi Qaxramon Rajabov, Jizzax davlat pedagogika universiteti professor - o‘qituvchilari Fanya Axmetshina hamda Muxtor Pardayev o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, tarix va arxeologiya fanlarini o‘qitishdagi masalalar bo‘yicha o‘z mulohazalarini qayd etib o‘tdilar.
     vUshbu yig‘inda Tarix instituti va Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlik o‘rnatish maqsadida ikkitomonlama kelishuv imzolandi hamda kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Boshqa yangiliklar