Oʻzbekiston SSRda sovet hokimiyatining ijtimoiy taʼminot siyosati
Tarix Instituti Yosh olimlari Kengashining navbatdagi ilmiy yigʻini boʻlib oʻtdi. Unda Tarix Instituti tayanch doktoranti Mirshod Siddiqov "Oʻzbekiston SSRda sovet hokimiyatining ijtimoiy taʼminot siyosati" ilmiy maʼruzasi bilan qatnashdi. Ma'ruza so‘ngida savol-javob bo‘lib o‘tdi. Mirshod Siddiqovga ustozlar va yosh olimlar tomonidan mavzuni chuqur o‘rganish hamda tahlil qilish bo‘yicha taklif-mulohazalar berildi.