⚠️|
"Jadidlar.uz" elektron platformasi yaratildi

"Jadidlar.uz" elektron platformasi yaratildi

     2021—2023-yillarda Tarix instituti ilmiy jamoasi tomonidan "Jadidlar.uz" elektron platformasi yaratildi va test yo‘sinida ishga tushirildi. Ushbu platformani keng jamoatchilikka yetkazishdan maqsad xalqimizga jadid bobolarimizning ibratli hayot yo‘lini ko‘rsatish, ilmiy merosi bilan tanishtirish, bu sohada amalga oshirilgan tadqiqotlardan xabardor qilishdan iborat. 
     Bugun FA Tarix institutida ushbu  elektron platforma taqdimoti bo'lib o'tdi va unda loyiha yaratuvchilari, yosh olimlar, "O‘zbekiston tarixi" telekanali va "O‘zbekiston 24" radiosi, "Jadid", "Ma'rifat" va "Hurriyat" gazetalari, Oʻzbekiston "Milliy axborot agentligi (uza.uz)" va "Gazeta.uz" sayti jurnalistlari va muxbirlari hamda qiziquvchilar ishtirok etdilar. Taqdimot bo‘yicha mehmonlar, jurnalistlar va muxbirlarning fikrlari tinglandi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Boshqa yangiliklar