22-fevral — Turkiston Muxtoriyati tugatilgan, qonga botirilgan kun!
Tarix institutida "Turkiston Muxtoriyati tuzilishi, faoliyati va tugatilishi" mavzusida ilmiy yigʻin boʻlib oʻtdi. Ilmiy yigʻinni Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Turkiston Muxtoriyatining Oʻzbek davlatchiligi tarixida tutgan oʻrni va bugungi kunda tadqiq etilmagan jihatlari haqidagi fikr-mulohazalari bilan boshlab berdi. Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov soʻzga chiqib, Turkiston Muxtoriyati tuzilishi, faoliyati, hukumat azolari va muxtoriyatning tugatilishida 8 kun davom etgan mustamlakachilarning Turkiston xalqiga nisbatan qirgʻin siyosati haqida fikr bildirdi. Shundan soʻng, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan milliy cholgʻu asboblari yordamida "Go'zal Turkiston" qo'shig'ini kuyladilar.
Davra suhbati soʻngida olimlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan savollar berildi.