⚠️|
Qutlov!

Qutlov!

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga munosib ehtirom ko‘rsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, yuqori kasbiy malakasi va mahorati bilan yurtimizdagi tub islohotlarda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan opa-singillarimiz qatorida Institutimizning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilnoza Jamolova «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandilar. Dilnoza Jamolovaning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz!

Boshqa yangiliklar