⚠️|
"Alisher Navoiy — buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi" ellararo ilmiy yigʻini

"Alisher Navoiy — buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi" ellararo ilmiy yigʻini

     Tarix institutida 2025-yil 9-fevralda “Alisher Navoiy – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi” ellararo yig‘ini bо‘lib о‘tdi. Yig‘in institut direktori, akademik Azamat Ziyoning buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning о‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixida tutgan о‘rni, ilmiy merosi haqidagi chiqishlari bilan boshlandi. 
     Ellararo yig‘inda institut ilmiy kotibi Odiljon Zaripov “Alisher Navoiyning siyosiy faoliyati”, Evro akademiyasi direktori, professor Yusuf Chetinbog‘ “Alisher Navoiyning usmoniy hukmdorlarga ta’siri”, institut katta ilmiy xodimi Nizomiddin Gulboyev “Alisher Navoiy asarlarida harbiy atamalar”, institut kichik ilmiy xodimi Elyor Turdimirzayev “Alisher Navoiy – mohir tarixchi”, institut kichik ilmiy xodimi Islom Bо‘riyev “Alisher Navoiyning astronomiyaga oid qarashlari” va siyosiy fanlar doktori Fazliddin Ravshanov “Alisher Navoiyning ijtimoiy – siyosiy qarashlari” ma’ruzalari bilan qatnashdilar. 
     Yig‘in sо‘nggida ma’ruzalar bо‘yicha fikr almashuvlar va savol-javoblar bо‘lib о‘tdi. Alisher Navoiyning о‘zbek davlatchiligi tarixi, sо‘nggi temuriylar siyosiy turmushida tutgan о‘rni, davlat arbobilik faoliyatini birlamchi manbalar negizida haqqoniy о‘rganish kerakligi uqdirib о‘tildi.

Boshqa yangiliklar