“Yosh olimlarning milliy harbiy tarix bo‘yicha birinchi o‘qishlari” umummilliy ilmiy yig‘indan lavhalar
Tarix institutida “Yosh olimlarning milliy harbiy tarix bo‘yicha birinchi o‘qishlari” umummilliy ilmiy yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy yig‘in yuzochdisida Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo so‘zga chiqib, yosh avlodni vatanparvarlik va "milliy ruh"da tarbiyalash uchun ham harb ishi tarixini ko‘proq o‘rganib targ‘ib qilish va Tarix institutida ochilgan "Harbiy tarixni o‘rganish" markazi faoliyatini yanada unumli qilish haqida fikr bildirdi.
Ilmiy yigʻinda Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Ahror Abdugʻaniyev "Turonning ilk mudofaa tizimi", Namangan davlat universiteti 3-bosqich talabasi Farangiz Abdusharifova "Qadimgi Turon harbiy sanʼati", Tarix instituti 1-bosqich tayanch doktoranti Muxtorjon Tolibboyev "Xalq dostonlari harbiy tarix boʻyicha muhim manba", institut kichik ilmiy xodimi Akobir Toirov "Urushish va botirlik odobi" harbiy tarix boʻyicha muhim manba", Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi Shahriyor Nurulloyev "Jaloliddin Manguberdining Bagʻdod va Gurjiston yurishlaridagi harbiy mahorati", institut stajyor-tadqiqotchisi Nodira Izzatova "Amir Temurning Xitoyga yurishi sabab va oqibatlari", institut 1-bosqich tayanch doktoranti Abdullajon Usmonov "Ubaydullaxonning Xurosonga harbiy yurishlari", institut 3-bosqich tayanch doktoranti Davronbek Olimjonov "Boburnoma" asarida harbiy tarix masalalari", institut stajyor-tadqiqotchisi Farida Sultonova "Akbarshoh davri boburiylar dengiz floti", Tarix instituti "Tarixshunoslik, arxivshunoslik va hujjatshunoslik" markazi boshligʻi Jumaniyoz Sangirov "Ashtarxoniylar davrida harbiy ish", Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimi Jamshidjon Xoldorov "Miltiq tarixidan", institut stajyor-tadqiqotchisi Otabek Poʻlatov "Qavoidi nizom" harbiy tarix boʻyicha muhim manba", Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali oʻqituvchisi Sobirjon Isoqov "Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklarining harbiy holati ingliz manbalarida" maʼruzalari bilan qatnashdilar. Ushbu yosh tadqiqotchilar milliy harb ishimizning turli yo‘nalish va qirralari bo‘yicha yangi ilmiy natijalarni o‘rtaga tashladilar va ular bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy yig‘in so‘nggida Tarix instituti tomonidan "eng yaxshi ilmiy maʼruza" uchun Akobir Toirovga 1 million va shuningdek maʼruzachilar Ahror Abdug‘aniyev, Farangiz Abdusharifova, Nodira Izzatova, Farida Sultonova va Sobirjon Isoqovga 500 ming so‘mdan rag‘batlantiruvchi pul sovrinlari topshirildi.
Umummilliy yig‘in yopilishida yosh olimlarning milliy harbiy tarix bo‘yicha o‘qishlarini har yili — Vatan himoyachilari kuni bo‘sag‘asida o‘tkazishga kelishib olindi.