⚠️|
Akademik bilan uchrashuv

Akademik bilan uchrashuv

   Bugun Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi, Tarix instituti direktori Azamat Ziyo Farg'ona shahar 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi yig'inlar xonasidа Farg'ona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Farg'ona shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, Madadkor, Yangiyo'l, To'qimachilar va Yangisoy mahalla fuqarolar yig'ini faollari bilan uchrashdi.
   Kishilik tarixining paydo bo'lishi, Turon sivilizatsiyasining vujudga kelishi, arab, mo'g'ul va rus bosqinchilarining Turondagi mustamlakachilik siyosati, unga qarshi ozodlik uchun kurashlar, islom va uning yoyilishi, diniy savodxonlik haqida qiziqarli va foydali ma'lumotlar berdi. 
    Xalqimiz Turonning haqqoniy tarixini bilishi uchun tarixiy tafakkurni rivojlantirish, yoshlarni tarix faniga qiziqtirish kerakligini ta'kidladi. 
    Yig'in so'ngida 5-maktab rahbariyatiga institut xodimlarining 2023 - 2024 yillari chop etilgan kitoblari sovg'a qilindi.
 

Boshqa yangiliklar