Mahmud Zamaxshariyning 949, Mirzo Ulugʻbekning 630 yilligiga bagʻishlangan ilmiy yigʻin
Tarix Institutida Mahmud Zamaxshariyning 949, Mirzo Ulugʻbekning 630 yilligiga bagʻishlangan ilmiy yigʻin boʻlib oʻtdi. Yigʻinni Tarix instituti direktori Azamat Ziyo ochib berdi. Mahmud Zamaxshariyning ilm-fan oldidagi xizmatlari va Ulugʻbekning Oʻzbek davlatchiligi tarixida tutgan oʻrni haqida fikr-mulohazalarini taqdim etdi.
Yig'inda institut kichik ilmiy xodimi Javohir Azimqulovning "Mahmud Zamaxshariyning shaxsiyati", "Qadimgi davr tarixi" boʻlimi boshligʻi Feruza Shomukaramovaning "Mirzo Ulugʻbek shaxsiyati", Eron Milliy kutubxonasi direktori oʻrinbosari Gʻulomrizo Amirxoniyning "Samarqand ilmiy hayotida Ulugʻbek kutubxonasining oʻrni", institut kichik ilmiy xodimi Kamola Qayumovaning "Mirzo Ulugʻbek davri manbalari" hamda Samarqand davlat universiteti oʻqituvchisi Muhammadxon Buzrukxonovning "Mirzo Ulugʻbek fojiasi: manba va talqin" maʼruzalari tinglandi.
Ilmiy yigʻin soʻngida olimlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan maʼruzachilarga savollar beildi, ma'ruzalar muhokama qilindi.