⚠️|
Tarix instituti va Turk tarixi kurumi olimlarining navbatdagi uchrashuvi

Tarix instituti va Turk tarixi kurumi olimlarining navbatdagi uchrashuvi

          Bugun Tarix instituti va Turk tarixi kurumi olimlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, ikki o‘rtada imzolangan kelishuv doirasida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida fikr almashindi. Chunonchi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo turkiyalik hamkasbini aniq natijalar bo‘yicha ishlashga chaqirdi. O‘z o‘rnida, Turk tarixi kurumi boshlig‘i ham mazkur yondashuvni to‘la qo‘llab-quvvatladi.

            Suhbat jarayonida:

✓ birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
✓ Turk tarixi kurumining “Byuleten” hamda Tarix institutining “O‘zbekiston tarixi” jurnalida ikki muassasa olimlarning maqolalarini nashr etish;
✓ kitob-albomlar chop etish;
✓ aniq masalalar bo‘yicha ellararo yig‘inlar o‘tkazish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar