Tarix instituti direktori Azamat Ziyo va institutning bir guruh xodimlari O‘zbek Milliy drama teatriga “Usmon Nosir” spektaklini ko‘rish uchun bordilar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida idora va muassasalarda oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e'lon qilishni taklif etib, xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligini ta'kidlagan edilar.
Bugun Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo va institutning bir guruh xodimlari O‘zbek Milliy drama teatriga “Usmon Nosir” spektaklini ko‘rish uchun bordilar. Spektaklda qatag‘on siyosatining eng yosh qurbonlaridan Usmon Nosirning (1912 – 1944) 1937 – 1944-yillardagi hayot yo‘lidan lavhalar taqdim qilindi. Sovet hukumatining millat oydinlarini yo‘q qilish borasidagi harakatlari ko‘rsatib berildi.