⚠️|
“Oʻrta asrlar tarixi” bo‘limi

“Oʻrta asrlar tarixi” bo‘limi

 1943-yili tashkil topgan. “Oʻzbekistonning oʻrta asrlar davri tarixi”, “Qadimgi va oʻrta asrlar davri tarixi” degan nomlarda faoliyat yuritgan. 1977-yili “Yangi tarix” boʻlimiga qoʻshib yuborilgan, 1998-yildan esa “Oʻzbekistonning oʻrta asrlar davri tarixi” boʻlimi sifatida qayta tashkil etilgan. 2020-yil 8-iyundan “Oʻrta asrlar tarixi” boʻlimi sifatida qayta tuzilgan. Boʻlimni turli yillarda Yahyo Gʻulomov (1943 – 1977), Elyor Karimov (1998 – 2010), Nigora Allayeva (2010 – 2012), Azimxoʻja Otaxoʻjayev (2012 – 2020) boshqarganlar. 2020-yildan unga Sherzodxon Mahmudov boshchilik qilmoqda. 

 Boʻlimning ilmiy yoʻnalishlari:
-    Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixining oʻrta asrlar bosqichi 
-    Oʻzbek davlatini boshqargan sulolalar tarixi
-    Ellararo munosabatlar tarixi
-    Iqtisodiy tarix
-    Ijtimoiy hayot tarixi
-    Ilm-fan tarixi
-    Madaniyat va sanʼat tarixi
 

Izlanishlar

Bajarilgan loyihalar
2006 – 2008. Markaziy Osiyo xalqlari etnik tarixi va mintaqadagi etnointegratsion jarayonlarni qoʻlyozma manbalar asosida tadqiq qilish (XII – XIX asrlar).
2007 – 2010. XV – XIX asrning birinchi yarmidagi xalqaro aloqalar tizimida Oʻzbekistonning tutgan oʻrni.
2009 – 2011. X – XIX asrlarda Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganishda “Safarnoma”larning oʻrni.
2012 – 2014. Oʻzbekiston davlatchiligi tizimida diplomatik institutlar: taraqqiyot bosqichlari va ularning oʻziga xos jihatlari (V – XIX asr birinchi yarmi).
2015 ‒ 2017. Oʻzbekistonda elchilik xizmati tarixidan lavhalar. 
2017 ‒ 2019. VII ‒ XIX asr birinchi yarmi oʻzbek davlatchiligi tizimida devon va dargohlar faoliyati. 
2018 ‒ 2020. Oʻzbekistonning oʻrta asrlar tarixi rasmiy hujjatlarda: muammoli jihatlar, talqin va tahlil (VII ‒ XIX asr birinchi yarmi). 
2018 ‒ 2020. Ayollarning jamiyat hayotidagi oʻrni bilan bogʻliq vaqf hujjatlarini kataloglashtirish (XVI ‒ XX asr boshlarida Buxoro xonligi misolida). 
2019 ‒ 2021. Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va sanʼat asarlarining tadqiqotlari asosida SMART texnologiyalarini yaratish.

 

Ellararo aloqalar

 Boʻlim xodimlari chet-eldagi ilmiy markazlar va universitetlar bilan ham yaqindan hamkorlik qilib keladi. Jumladan, AQShning G. Washington universiteti, YUNESKOning “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi (History of civilizations of Central Asia)” olti jildlik nashrini chop etish boʻyicha xalqaro loyihasi, Turkiyaning Turk tarix jamiyati hamda Ege universiteti bilan esa Turk dunyosi doirasida yangi loyihalarni amalga oshirmoqda.
 Boʻlim xodimlarining koʻpchiligi Hindistonning ITEC hamda Germaniya akademik almashinuvlar (DAAD) va Gerda Henkel (Gerda Henkel Foundation) grantlarini qoʻlga kiritib, bir qator, jumladan, Buyuk Britaniya, Turkiya, Eron, Germaniya, Avstriya, Hindiston hamda Rossiyadagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari, universitetlarda tajriba orttirganlar hamda arxiv va qoʻlyozmalar jamgʻarmalarida ilmiy izlanishlar olib borishgan.

 

Nashrlar

1. История Узбекистана. Том III (XVI – первая половина XIX века). Ташкент. 1993. 489 с. 
2. Г. Агзамова. Сўнгги ўрта аср Ўрта осиё шахарлари – ҳунармандчилик ва савдо маркази. Тошкент. 2000. 62 бет.
3. Р. Мукминова. Филанович М. Ташкент на перекрестке истории. (Очерки древней и средневековой истории города). Ташкент. 2001. 146 с.
4. Э. Каримов. Хўжа Аҳрор (ҳаёти ва фаолияти). Тошкент. 2003. 48 бет.
5. Э. Каримов. Регестры казийских документов и ханских ярлыков Хивинского ханства XVII – начала XX вв. Ташкент. 2007. 224 с.
6. Э. Каримов. Кубравийский вакф XVII – XIX вв.: писменные источники по истории суфийского братства Кубравия в Средней Азии. Ташкент. 2008. 280 с.
7. М. Исҳоқов, А. Отахўжаев. Суғднинг буддавий фалсафий-ахлоқий ёзма меросидан // Қадимги ёзма ёдгорликлар. Тошкент. 2000. 229 бет.
8. А. Отахўжаев. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари. Тошкент. 2010. 219 бет.
9. History of civilizations of Central Asia // Vol. IV. Part I – II. Paris. 2000. P. 81-85.; Vol. V. Paris. 2003. P. 760-768.
10. Г. Султанова, Н. Аллаева, Ш. Маҳмудов. Ўрта Осиё халқлари этник тарихи ва минтақада юз берган демографик жараёнларнинг манбаларда акс этиши (XVI – XIX аср биринчи ярми). Тошкент. 2011. 120 бет.
11. История Узбекистана (XVI – первая половина XIX в.). Том 4. Ташкент. 2012. 775 c.
12. Марказий Осиё тарихи замонавий медиевистика талқинида. Тошкент. 2013. 476 бет.
13. Ўзбекистонда элчилик хизмати тарихидан: талқин ва таҳлил. Тошкент. 2016. 286 бет.
14. Г. Агзамова. Ўзбекистон шаҳарлари XVI – XIX асрнинг ўрталарида. Тошкент. 2017. 225 бет.
15. Ҳ. Мамадалиев. Ўзбекистон шаҳарлари IX – XII асрлар. Тошкент. 2017. 196 бет.
16. Ўзбекистонда элчилик хизмати тарихидан лавҳалар. Тошкент. 2018. 263 бет.
17. VII – XX асрлар биринчи ярми Ўзбек давлатчилиги тарихида даргоҳ ва девонлар фаолияти тарихидан. Тошкент. 2019. 352 бет.
18. Ўзбек давлатчилиги тарихида даргоҳ ва девонлар. Тошкент. 2019. 304 бет.
19. Ўзбекистон тарихи. Энг қадимги даврлардан бугунги кунгача. Биринчи жилд. Тошкент. 2023. 456 бет.
20. Ўзбекистон тарихи. Ўзбекистон дипломатияси тарихи. Еттинчи жилд. Тошкент. 2023. 576 бет.