Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Tarix va etnologiya instituti oʻrtasida uchrashuv
Bugun Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Tarix va etnologiya instituti oʻrtasida masofadan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki davlat oʻrtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar muhokama qilindi.
Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo taklif sifatida:
✓ Oʻzbekiston va Ozarbayjon turkiy davlatlar tarixchi-olimlarning birlashuvida tashabbus koʻrsatishi;
✓ "Oʻzbekiston tarixi" jurnalida Ozarbayon olimlarining maqolalarini chop etish;
✓ Yurtimizda Ozarbayjon tarixiga oid manbalarni tahlil qilish va birgalikda ilmiy yigʻinlar oʻtkazish;
✓ Ilmiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik memorandumini imzolash masalalarini bildirdi.
Ozarbayjon Tarix va etnologiya instituti direktori Karim Shukurov 2 davlat tarixiy aloqalariga oid kitoblar chop etish va Turkiy davlatlar Tarix institutlari oʻrtasida hamkorlik loyihalarini amalga oshiruvchi tashkilot tuzishni taklif etdi.
Uchrashuv yakunida ilmiy hamkorliklar doimo oʻtkazilishi kelishib olindi.