⚠️|
Akademik bilan uchrashuv

Akademik bilan uchrashuv

     O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi Azamat Ziyo 2024 yili amalga oshirilishi belgilangan yo‘l-xaritasidagi vazifalar yuzasidan Jizzax shahridagi harbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan 30-maktabda bo‘ldi. Akademik maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston tarixini o‘rganishning zarurati, Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish davri mutafakkirlari faoliyati, temuriylar davrida Turon, Turkistonga Rossiya imperiyasining bosqini va unga qarshi milliy ozodlik harakatlari, jadidchilik harakatining vujudga kelishi, faoliyati hamda tugatilishi, milliy qo‘rboshilar faoliyati haqida qiziqarli va mazmunli ma’ruza qildi. Tadbir oxirida maktab kutubxonasiga "O‘zbekiston tarixi" jurnalining 4 ta soni va institut tomonidan chop etilgan kitoblar sovg‘a qilindi.

Boshqa yangiliklar