⚠️|
Yosh tarixchilarning 5-yozgi o‘qishlari

Yosh tarixchilarning 5-yozgi o‘qishlari

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-farmoni ijrosini ta’minlash, iqtidorli va jamoat ishlarida faol tarixchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida Tarix instituti Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2026-yil avgust oyida “Yoshlar jamlog‘i”da “Yosh tarixchilarning 5-yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazishi mo‘ljallanmoqda.

Yozgi o‘qishlarda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 150 yosh tarixchi va olim qatnashishlari rejalashtirilgan bo‘lib, yozgi o‘qishlar davomida yetakchi tarixchi olimlarning mahorat darslari, davra suhbatlari, “Yoshlar minbari”, yosh tarixchilar jamoalari o‘rtasida “Zakovat” o‘yinlari va boshqa turli ilmiy, madaniy va sport tadbirlari o‘tkaziladi.

“Yosh tarixchilarning 5-yozgi o‘qishlari” milliy va ellararo axborot makonida keng yoritib boriladi.

Qatnashchilar tanlov bo‘yicha ajratib olinadilar.

Tanlovda qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lganlar quyida ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotnomani vord matnida 1-iyulgacha @Yozgioqishlar_5_bot (https://t.me/Yozgioqishlar_5_bot) telegram manziliga yuborishlari so‘raladi.

Boshqa yangiliklar

Yosh tarixchilarning 5-yozgi o‘qishlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti