Qabul boshlandi!
📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣
Fanlar akademiyasi Tarix instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, va stajor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi.
Ixtisosliklar shifri va nomi
🔷 07.00.01 -“Oʻzbekiston tarixi”
🔷 07.00.07 -“Etnografiya, etnologiya va antropologiya''
🔷 07.00.08 -“Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”
📜2026-yil qabuli uchun tayanch doktoranturaga (PhD) – 8 ta, doktoranturaga (DSc) –1 ta, stajyor-tadqiqotchilikka – 8 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
🎓Tayanch doktoranturaga:
- ariza;
- ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;
- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori);
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;
- Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.
💼Doktoranturaga:
- ariza;
- ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori);
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
📚Stajyor-tadqiqotchilikka:
- ariza;
- ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi
- Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.
‼️Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https:// daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
🕘 Hujjatlar 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
📍Murojaat uchun: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz tor ko'chasi, 5-uy. Telefon: (93) 471-99-91, (71) 233-73-19.